Ekologiya vazirligi saksovul yuklangan samosval haydovchilari orqasidan quvlayotgan ekoinspektorlar videosini e’lon qildi. Noqonuniy daraxt kesuvchilar qochish vaqtida daraxtni yo‘lga tashlab ketib, bo‘laklarini inspektorlarning mashinalariga qarata uloqtirdi.
Sentabr oxiridan poytaxtdagi daraxtlarning reyestrini shakllantirish boshlanadi. Ekologiya vaziriga ko‘ra, jarayon 2,5 yil davom etadi. “Bunga 100 nafar volontyor jalb etilib, har biriga planshet beriladi. Elektron bazaga daraxtlarning turi, holati va boshqa jihatlari kiritiladi”, — dedi Aziz Abduhakimov.
Ekologiya vazirligi poytaxtning Chilonzor, Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi jami 160 ta korxonaga chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berdi.
O‘zbekiston Ekologiya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Toshkent botanika bog‘i faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha hujjat loyihasini tayyorlaganini ma’lum qildi. Vazirlik uning madaniyat va istirohat bog‘iga aylantirilishini tasdiqlamaydi, deyiladi bayonotda.
Sud qarorlari bilan “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududidagi 11 noqonuniy bino buzib tashlandi. Ushbu hududdan 39,8 gektar yer ijaraga va qurilish uchun noqonuniy ravishda berilgani haqida avvalroq yozgan edik. Ayni paytda buzilgan binolar o‘rniga daraxtlar ekilmoqda.
Toshkent viloyatining Parkent tumanida Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i aniqlandi. Ayiq qishloqqa ozuqa izlab kelib, fermerning ikki bosh qo‘yini olib ketdi. Ekologiya boshqarmasi xodimlari jonivor aniqlangan hududni nazoratga oldi.
Bekobod shahri ekologiya bo‘limi boshlig‘i, inspektor xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘zaro kelishmovchilik ortidan pichoqlandi. Inspektor jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Dang‘ara tumanida tabiat resurslari inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora bilan ushlandi. Uning taqiqlangan hududda pnevmatik qurol bilan ov qilgan fuqaroga qurolini qaytarib berish evaziga 1 mln so‘m olgani aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting